O‘ZBEKISTONDA KORPORATIV BOSHQARUVDA ESG STANDARTLARINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI

Mualliflar

  • Bekzod Umarov Toshkent davlat yuridik universiteti, Tadbirkorlik huquqi va korporativ huquq sho‘basi katta o’qituvchisi

Kalit so‘zlar:

ESG standartlari, korporativ boshqaruv, korporativ huquq, barqaror rivojlanish, moliyaviy va nomilayviy hisobotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar, IFRS Sustainability Disclosure Standards, investitsiya jozibadorligi, fidusiar majburiyatlar, manfaatdor tomonlar

Abstrak

Mazkur maqolada ESG (environmental, social, governance — atrof-muhit, ijtimoiy mas’uliyat va korporativ boshqaruv) standartlarining vujudga kelish tarixi, mazmun-mohiyati hamda zamonaviy korporativ boshqaruv munosabatlaridagi o‘rni korporativ huquq nuqtai nazaridan tahlil etilgan. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda davlat va jamiyat hayotini modernizatsiyalash hamda iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonlari korporativ-huquqiy munosabatlarning sifat jihatdan rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Maqolada ESG konsepsiyasining investitsiyalarni jalb qilishdagi ahamiyati, O‘zbekistonda ushbu standartlarni joriy etishga qaratilgan davlat siyosati va so‘nggi o‘n yil ichida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar tizimli ravishda o‘rganilgan. Xalqaro va milliy tashkilotlarning hisobotlari hamda mahalliy va xorijiy olimlarning tadqiqotlari asosida ESGni huquqiy rasmiylashtirishning asosiy modellari qiyoslanib, O‘zbekiston sharoitida ESG standartlarini samarali joriy etish bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqilgan. Maqolaning asosiy xulosasi shuki, O‘zbekistonda ESG standartlarini joriy etishning muvaffaqiyati xalqaro standartlarni qabul qilish bilan emas, balki ularni milliy korporativ huquq institutlari — kuzatuv kengashi vakolatlari, direktorlar majburiyati, axborotni oshkor qilish, auditorlik tasdig‘i, investorlar huquqlari va mustaqil audit uchun javobgarlik bilan bog‘lash darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda ESG O‘zbekistonda korporativ boshqaruvni formal hisobotdan strategik huquqiy hisobdorlik modeliga o‘tkazuvchi asosiy vosita bo‘lishi mumkin.

Yuklamalar

Yuklab olish ma'lumotlari hali mavjud emas.

Havolalar

[1][1] Bekmirzayeva Umida Abdug‘ani qizi. (2026). O’zbekiston Respublikasi ESG standartlarini joriy qilishni huquqiy tartibga solish . tadqiqotlar, 81(3), 9-17.

[2] UN Global Compact. Who Cares Wins: Connecting Financial Markets to a Changing World. New York: United Nations, 2004.

[3] IFRS Foundation. IFRS S1 General Requirements for Disclosure of Sustainability-related Financial Information; IFRS S2 Climate-related Disclosures. London: ISSB, 2023.

[4] The Corporate Governance Institute. A brief history of ESG: From pioneer to mainstream. 2025. URL: https://www.thecorporategovernanceinstitute.com/

[5] The Corporate Governance Institute. A brief history of ESG: From pioneer to mainstream. 2025. URL: https://www.thecorporategovernanceinstitute.com/

[6] Aboud A., Khaireddine H. A literature review on corporate governance and ESG research: Emerging trends and future directions // International Review of Financial Analysis. 2024. Vol. 96. https://doi.org/10.1016/j.irfa.2024.103620

[7] Claessens S., Yurtoglu B. B. Corporate governance in emerging markets: A survey // Emerging Markets Review. 2013. Vol. 15. P. 1–33.

[8] Suyunova D. Aksiyadorlik jamiyatlarida raqamli korporativ boshqaruv va ESG tamoyillari // Marketing jurnali. 2024. URL: https://marketingjournal.uz/

[9] Sharipov K. A., Buzrukxonov S. M., Axmedov D. K. Korxonalarda barqaror rivojlanishni tatbiq etish istiqbollari. Toshkent: O‘zR Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, 2024.

[10] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil PQ-4611-son qarori “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”. URL: https://lex.uz/

[11] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi. URL: https://lex.uz/

[12] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi. URL: https://lex.uz/

[13] Jumadullaeva D. Sh. Integration of ESG Principles in the System of Corporate Governance of State-Owned Enterprises in Uzbekistan: Key Barriers and Practical Solutions // International Journal of Management and Economics Fundamental. 2025. Vol. 5, Issue 12. P. 1–8. https://doi.org/10.37547/ijmef/Volume05Issue12-01

[14] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-maydagi 221-son qarori “Barqaror rivojlanish va atrof-muhit, ijtimoiy hamda korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. URL: https://lex.uz/uz/docs/-8171367

[15] O‘zbekiston moliya bozorini ESG tamoyillari asosida rivojlantirish istiqbollari // Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. 2025. URL: https://sci-p.uz/

[16] Barqaror moliyaviy mahsulotlar: rivojlanish imkoniyatlari va istiqbollari. ResearchGate, 2025.

[17] Jumadullaeva D. Sh. Integration of ESG Principles in the System of Corporate Governance of State-Owned Enterprises in Uzbekistan: Key Barriers and Practical Solutions // International Journal of Management and Economics Fundamental. 2025. Vol. 5, Issue 12. P. 1–8. https://doi.org/10.37547/ijmef/Volume05Issue12-01

[18] Jumadullaeva D. Sh. Integration of ESG Principles in the System of Corporate Governance of State-Owned Enterprises in Uzbekistan: Key Barriers and Practical Solutions // International Journal of Management and Economics Fundamental. 2025. Vol. 5, Issue 12. P. 1–8. https://doi.org/10.37547/ijmef/Volume05Issue12-01

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-05-26